Mehrobdan Chayon Kino
Anvar va Ra’no. Ular haqida adabiyot ixlosmandlari yaxshi bilishadi. Bolaligidan tirishqoq va zakiyligi, nozikta’bligi bilan atrofdagilar e’tiboriga tushgan Anvar yuqori martabaga ham erta erishadi. Film naruto shippuden movie 4 the lost tower sub indo xxi.
Xullas, 'Mehrobdan chayon' hayot haqiqatini 'orttirmay va kamitmay' oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obidadir.
«Jasur qiz» ta’rifini olgan Ra’no haqida ham maktab darsliklarida ilk tasavvurlarga ega bo‘lganmiz. Zamonasining zulmi yoxud zayli qurboniga aylanmay, o‘zining shijoati bilan muhabbati va kelajagi yo‘lidagi harakati, aytish joiz bo‘lsa, tahsinga sazovordir. Yillar oshgan mazkur asar har gal o‘quvchini qaysidir jihati bilan sergaklantiradi. Davrning jirkanch muhiti, amalparastlik, turmush ikir-chikirlari va nihoyat go‘zal muhabbat tavsiflariga boy ushbu asarning bugungi kungacha ardoqda ekanligi tasodif emas, albatta.
Abdulla Qodiriy (1894-1938) - O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil 4 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ildi. Uning tarjimai holidagi quyidagi so‘zlar yozuvchining 1926 yilga qadar kechgan hayotiga oydinlik kiritadi: «Har holda bemavridroq bo‘lsa kerak, kambag‘al, bog‘bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada. Yoshim to‘qqiz-o‘nlarga borg‘ondan so‘ng meni maktabga yubordilar.
Maktabda ikki-uch yil chamasi eski usulda o‘qib, keyingi vaqtlarda oilamizning nihoyatda qashshoq kun kechirgani vajhidan o‘n ikki yoshimda meni bir boyga xizmatchilikka berdilar. Xo‘jayinim o‘zi savdogar kishi bo‘lub, o‘rischa yozuv-chizuv bilaturg‘on odamga muhtoj edi. Shu ta’ma bo‘lsa kerak, meni o‘ris maktabiga yubordi. 1912 yilda manfaktur bilan savdo qiluvchi bir kishiga yilig‘a 50 so‘m barobariga prikazchik bo‘lub kirdim. Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlardan chiqadig‘on gazetalarni o‘qib, dunyoda gazeta degan gap borlig‘iga imon keltirdim, 1913 yilda o‘zbekcha «Sadoi Turkiston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag‘och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg‘ondi. 1913 yilda chiqqan «Padarkush» ta’sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobini yozib yuborg‘animni o‘zim ham payqamay qoldim (1915 yilda). Yana shu yilda teatrlarda chiqib turg‘on hikoya va ro‘monlarga taqlidan «Juvonboz» otliq hikoyachani yozib, noshir topilmog‘onidan, o‘zim nashr qilib yubordim.
Nikolay taxtdan yiqilg‘ondan keyin oddiy xalq militsiyasiga ko‘ngilli bo‘lib yozildim. 1918 yil boshlarida Eski shahar oziq komiteti boylar qo‘lidan olinib, komitetning raislig‘iga o‘rtoq Sultonxo‘ja Qosimxo‘jaev tayin qiling‘on edi va men mazkur komitetning o‘zbekcha sarkotiblig‘iga kirdim. 1919 yilning avvallarida oziq komitetining ismidan chiqarilmoqchi bo‘lg‘on «Oziq ishlari» gazetasiga muharrir bo‘lib tayinlandim.